15-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 5—7 daraja sovuq, kunduzi 3—5 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 8—13, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 8—13, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi 1—6 daraja sovuq, kunduzi 1—6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo harorati kechasi 8—13, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.
Izoh (0)