Toshkent shahar huquq-tartibot idoralari xodimlari uyida noqonuniy qurol saqlagan fuqaroni aniqladi. Bu haqda shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishicha, 13-dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Sabox ismli shaxs o‘z uyida qurol saqlab kelayotganligi haqida xabar kelib tushdi.
Shu kuni soat taxminan 18:30 larda IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida muqaddam sudlangan, 1972-yilda tug‘ilgan Nuriddinov Saboxiddin Sayfiyevichning Yashnobod tumanida joylashgan xonadoni tekshirildi.
Tekshiruv davomida u xonadonidagi temir seyf ichida IJ-16 rusumli ov qurolini hamda 1 dona patronni tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan JKning 248-moddasi 1-qismi (tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)