Suriya TIV BMT Xavfsizlik Kengashi va tashkilot bosh kotibiga yana bir maktub yo‘llab, unda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xalqaro koalitsiya Suriya armiyasi va uning ittifoqchilari IShIDga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishgan bir paytda yangi qo‘rqinchli jinoyat sodir etdi. Koalitsiya IShIDga qarshi kurash bahonasida jangarilarning xavfsiz yerga yashirinishini ta’minlamoqda”, — deyiladi maktubda.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, koalitsiya samolyotlari Dayr az-Zavr viloyatidagi al-Jazri Sharqiy qishlog‘iga bergan aviazarba oqibatida 20 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)