Ruminiya va Polshadagi AQSh raketaga qarshi mudofaa komplekslari — Aegis Ashore, qanotli raketalar — Tomahawk’ni uchirishga qodir emas. Bu haqda 13-dekabr, chorshanba kuni Pentagonning raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha direktor o‘rinbosari kontr-admiral Jon Xill ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tomahawk’ni Aegis Ashore kompleksi parvoz qurilmasidan uchirish mumkin-mumkin emasligi haqidagi savolga u “Yo‘q” deb javob qaytardi.
“Ular qanotli raketalar parvozini amalga oshirishga qodir emas”, — dedi u va ularda nazorat tizimlari butunlay boshqacha ekanligiga aniqlik kiritdi. Kontr-admiralning so‘zlariga qaraganda, bu komplekslar Rossiyaga tahdid qilmaydi.
AQSh Yevropa raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yaratishning bosqichma-bosqich rejasini amalga oshira borib, Ruminiyaning Deveselu hududida M-3 raketaga qarshi mobil batareyalarini joylashtirdi. Polshaning Redzikovo aholi punktida ham xuddi shunday bazani joylashtirish ishlari ketmoqda.
Rossiya Federatsiyasi TIV Aegis Ashore’ning Sharqiy Yevropa mamlakatlarida joylashtirilishi Vashington tomonidan O‘rta va kichik uzoqlikdagi raketalar bo‘yicha kelishuv majburiyatlarini buzish ekanligini bir necha marta ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)