Amazon va Google korporatsiyalari yaqin orada banklarga raqobatchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda rossiyalik moliyachi, “Sberbank” direktori German Gref ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Uning aytishicha, banklar moliyaviy texnologiyalarni rivojlantiruvchi kompaniyalardan qo‘rqmoqda. Ular o‘z moliyaviy platformalarini ishga tushirib, banklarning bozorini tortib olishi mumkin.
Gref banklarning kelajagiga ishonmasligini tan oldi. Unga ko‘ra, har qanday texnologik kompaniyalar moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni o‘rganishi mumkin.
Gref Amazon va Google yaqin vaqti ichida Amazon Finance yoki Google Finance nomli kompaniyalarni tashkil etishini bashorat qilmoqda. Ular moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi, tilga olingan korporatsiyalarda buning uchun mablag‘ ham, auditoriya ham yetarli.
“Banklar hozirda texnologik transformatsiyani boshdan kechiribgina vaziyatni qutqarib qolishi mumkin”, — deb xulosa qildi mutaxassis.
Izoh (0)