Forbes jurnali Gollivud aktyori Mark Uolbergni 2017-yilning ortiqcha baho berib yuborilgan aktyori deb topdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Reyting mualliflari uning ishtirokidagi filmlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, lekin u ayni paytda katta maosh olishda davom etayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Reytingga ko‘ra, 2017-yili Uolberg “Salom, ota, Yangi Yil! 2” va “Transformerlar: So‘nggi ritsar” filmlaridan 68 million dollar ishlagan. Rotten Tomatoes tanqidiy resursida birinchi film reytingi 100 dan 18 ni, ikkinchisiniki esa 100 dan 15 ni tashkil etdi.
2015 va 2016-yillarda ortiqcha baho berib yuborilgan aktyor deb Jonni Depp topilgan edi.
Izoh (0)