Agar kitobni to‘g‘ri baholash, tanlash va sotib olishni o‘rgansangiz, o‘qish bebaho odatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Siz hech qanday tabletkalarsiz aqlliroq bo‘lasiz
Nootroplar vaqt o‘tishi bilan hech qanday foyda bermay qo‘yishi mumkin, lekin kitob o‘qish har doim aqlingizni charxlab boradi.
Siz har doim o‘z bilimlaringizni yangilab borasiz
Asarni biroz vaqt o‘qiganingizdan keyin o‘zingizni xuddi aqlingiz yangilangandek his qilasiz. Bunday yangilanishdan keyin sizga suhbatlarda o‘zingizni ko‘rsatish osonroq bo‘ladi, shuningdek xat yozish malakasiga ham ega bo‘lasiz.
Siz yolg‘izlikka o‘rganasiz
Fransuz matematigi Blez Paskal aytgan insoniyatning asosiy muammolaridan birini shu yo‘l bilan yengish mumkin: “Odamlarning hamma baxtsizliklari ularning o‘z xonasida xotirjam o‘tira olmasliklari natijasida yuz beradi”.
Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajribaga ega bo‘lasiz
Siz meditatsiya qilishni o‘rganasiz
O‘qish tufayli biz xotirjamroq va chidamliroq bo‘lamiz, uzoq vaqt oralig‘ida bitta narsaga diqqatimizni qaratishni o‘rganamiz.
Foto: “Layfxaker”