Samsung Health dasturi yangilanganidan so‘ng, Galaxy S9 smartfonining barmoq izi skanerini qayerga joylashishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.
Samsung Health dasturining qo‘llanmasida ko‘rsatilishicha, yurak ritmi monitoridan to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumot berilgan (qizil doirachaga olingan). Suratda kameralari noodatiy tarzda joylashgan qurilma tasvirlangan — taxminlarga ko‘ra bu Galaxy S9. Unda vertikal joylashgan ikkita kamerani ko‘rish mumkin, gorizontal tomonida esa barmoq izi skaneri.
Shuningdek, tarmoqda Galaxy S9 va S9+ 3 megapikselli (hozirda 2 megapiksell) yangi ko‘z pardasi skaneri bilan jihozlanishi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Yaqindagina Samsung ikkita SIM-kartali Galaxy S9’ni (SM-G9608) ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ariza topshirgani ma’lum bo‘lgandi. Qualcomm Snapdragon 845 operatsion tizimi o‘rnatilishi kutilayotgan Galaxy S9 smartfonida Dual VoVTE tizimi qo‘llanilishi mumkin.