Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-dekabr kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni Prezident matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirib, xalqimizning rizq-ro‘zi va farovonligini, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, agrar sektorda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi hujjat matnida.

Farmonga binoan, bir qator soha vakillari “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” unvonlari, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)