Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Feltman KXDRga tashrifi chog‘ida mamlakat rahbariyatini, xalqaro hamjamiyat Koreya yarim orolidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan barqarorlashtirish tarafdori ekanligiga ishontirdi, shuningdek, hududda ziddiyat yuzaga kelish xavfini kamaytirish uchun muloqot qilinishini yoqlab so‘zga chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Feltman 5—8-dekabr kunlari KXDRga uyushtirilgan tashrifi chog‘ida mamlakat tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo va uning o‘rinbosari Pak Myon Guk bilan uchrashdi. Ular Koreya yarim orolidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi va hozirgi vaziyat dunyo hamjamiyati xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ma’lum qildi.

BMT bosh kotibi o‘rinbosari Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi to‘liq amalga oshirilishi lozimligi va inqirozni tinch yo‘l bilan barqarorlashtirish muqobilsiz yo‘l ekanligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda