Asosiy kriptovalyuta — bitkoin kursi rekordlarni yangilashda davom etmoqda. 6-dekabr kechki soatlarida kriptovalyuta birjalarida uning qiymati 13 ming dollardan oshdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Oldinroq shu kunning o‘zida uning qiymati 12 ming dollardan oshgan edi.

Kriptovalyutaning joriy bozor kapitalizatsiyasi 218 milliard dollarni tashkil etmoqda — bu bo‘yicha u Intel (210 milliard dollar), Oracle (203 milliard dollar) va Coca-Cola (195 milliard dollar) kompaniyalaridan o‘tib ketdi.