Dunyodagi eng ommabop kriptovalyuta — bitkoin 6-dekabr, chorshanba kuni ertalab tarixiy rekordni yangiladi, deb yozadi “RIA Novosti”. Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, u 12,16 ming dollarga yetdi.

Foto: “RIA Novosti”

Toshkent vaqti bilan 07:40 da Bitfinex birjasida bitkoin 11,405—12,160 ming dollar diapazonida bo‘lgan.

O‘tgan hafta boshidan buyon kriptovalyuta faol tarzda o‘sishni boshladi. 29-noyabr kuni uning narxi 11,441 ming dollarga yetib, tarixiy rekordni yangilagan edi. Ikki kun avvalroq bitkoin tarixiy maksimumdan 9 mingga qimmatlashib ketdi.

Shundan so‘ng u ikki ming dollarga keskin pasayib ketdi. Tahlilchilar buni yangi tarixiy maksimumga erishilganidan keyin treyderlar tomonidan foydaning tuzatilishi bilan bog‘ladi.