Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6-dekabr kuni Buxoroga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev kutib oldi.

Afg‘oniston Prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi va ular oldida ma’ruza qiladi.

Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.