Pentagon kasseta bombalarini yo‘q qilishni to‘xtatib, zarurat yuzaga kelgan taqdirda ularni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu haqda Jane’s 360 xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, amerikalik harbiylar Pentagon mos keluvchi muqobilini topgunga qadar kasseta bombalaridan foydalanishda davom etadi. Hozirgi paytda AQShdagi eng ommabop kasseta quroli GMLRS (Guided Multiple Launch Rocket System)dir.
2008-yilda tayyorlangan kasseta o‘q-dorilar zaxirasi bo‘yicha konvensiyani hozirgi paytga kelib yuzga yaqin mamlakat imzolagan. Kelishuv qurol-yarog‘ning tegishli turini o‘n yil davomida yo‘q qilishni ko‘zda tutadi.
Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiya va AQSh konvensiyaga rasman qo‘shilmagan. Biroq Qo‘shma Shtatlar ularda mavjud kasseta bombalarini asta-sekin yo‘q qilishni boshlagan edi. AQSh 2019-yilga kelib ushbu quroldan to‘liq xalos bo‘lishi kerak edi.
Bomba kassetasi o‘nlab kichikroq bomba elementini o‘z ichiga oluvchi konteyner snaryaddir.
Izoh (0)