Amerikalik oila sovuq urush yillariga mansub raketa bazasini shinam uyga aylantirdi va uni sayyohlarga ijaraga bermoqda. Noodatiy “mehmonxona”da bir kun qolish 133 dollar turadi. TravelAsk mazkur inshootning suratlarini taqdim etdi.
Baza AQShning Kanzas shtatida joylashgan bo‘lib, 1994-yildan buyon er-xotin Metyu Falkerson va Anna Leyga tegishli. Subterra Castle deb nomlangan mehmonxona asosidagi baza qariyb 60 yil avval qurilgan bo‘lib, undan bir martalik Atlas E amerika raketa-eltuvchilarini saqlashda foydalanilgan.Foto: Mehmonxonaga aylantirilgan sovuq urush yillaridagi raketa bazasi
×
Izoh (0)