50 yoshli shotlandiyalik Kolin Benks bankomatda topib olgan pulni qaytarib, shu kuniyoq boyib ketdi, deb yozadi Daily Record.
Quruvchi bo‘lib ishlaydigan Benks supermarketda joylashgan bankomatdan kimdir unutib qoldirgan 30 funt sterling (taxminan 40 dollar)ni topib oldi va uni sotuvchiga berib, vaziyatni tushuntirdi.
Yarim soat o‘tar-o‘tmas, Kolin virtual poygalarda 49 077 funt sterling (66,4 ming dollar) yutib olganidan xabar topdi. U bor-yo‘g‘i 1,5 funt (5 dollar) pul tikkan edi, xolos.
“Halollik — eng yaxshi siyosat, deydilar, mening holatimda ham shunday bo‘lib chiqdi. Mening oilam katta, endi biz Yangi yilni ajoyib tarzda o‘tkazishimizga ishonaman”, — deya u o‘z omadini izohladi.
Izoh (0)