Suriya harbiylari Dayr az-Zavr viloyatida IShID tomonidan tashlab ketilgan omborlarda AQSh va Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan qurollarni topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dala komandirlaridan birining ma’lum qilishicha, al-Ashara, Subayxon va Solihiya tumanlarida yengil va og‘ir qurollar topilgan. Jumladan, yuzlab snaryadlar, o‘q-dori va qurollar topilgan. Bu qurollar G‘arb davlatlarida ishlab chiqarilgani aytilmoqda.
Oldinroq Dayr az-Zavr hududidan Isroil qurollari topilgani ma’lum bo‘lgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)