O‘zbekiston Rossiyaning “Rosoboroneksport” davlat korporatsiyasi bilan 12 ta Mi-35 hujumkor vertolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Rossiyaning qator axborot kanallari, xususan, “RIA Novosti” agentligi yozdi.
“Mi-35 vertolyotlari masalasiga nuqta qo‘yildi. Barcha shartlar kelishib olindi, 12 vertolyot uchun shartnoma imzolandi, 2018-yili yetkazib berishni boshlaymiz”, — ma’lum qildi agentlikning suhbatdoshi.
Vertolyotlar O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, shartnoma Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlariga ko‘ra imzolangan.
Izoh (0)