Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy va Surxondaryo viloyati kengashlari vakillari, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Toshkent yuridik, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Aksiya doirasida besh nafar ilg‘or harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga qabul qilinganlik haqida guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.
Tadbir davomida targ‘ibot guruhi a’zolari Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni naqadar yuksak ekanligi haqida ma’lumotlarni yetkazib, yoshlarning qiziqtirgan savollari bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.
Muloqot tadbiridan so‘ng targ‘ibot guruhi a’zolari harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, ta’lim olishi, adabiyotlarni mutolaa qilishi hamda dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
“Yoshlar poyezdi” Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlar bo‘ylab targ‘ibot aksiyasi tadbirlarini davom ettirmoqda.
Izoh (0)