“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida” mavzuida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga markaz vakillari ma’lum qildi.
Jamoatchilik fikri so‘rovi 11-oktabrdan 22-oktabrgacha o‘tkazildi. Jami mamlakatning barcha mintaqalaridagi 18 yosh va undan katta 1100 nafar kishi so‘raldi, ularning 49,1 foizi erkaklar va 50,9 foizi xotin-qizlardir.
“Siz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini qanday baholaysiz?” degan savolga 89,3 foiz respondent ijobiy javob berdi. 10,1 foizi “ko‘proq ijobiy” ekanligini ma’lum qildi, 0,6 foizi javob berishga qiynaldi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan siyosat Sizning orzu va umidlaringizni qay darajada oqladi?” savoliga javob berarkan, ishtirokchilarning 90,2 foizi “to‘la darajada”, 7,6 foizi “o‘rta darajada” oqlaganini aytdi, 1 foizi oqlamaganini ma’lum qildi, 1,2 foizi aniq javob bermadi.
“Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga qay darajada ishonasiz?” degan savolga 93,1 foiz respondent “to‘la darajada ishonaman” deya javob berdi. So‘ralganlarning 4,3 foizi Prezidentga qisman ishonishini ma’lum qildi, 4,2 foizi aniq javob berishga qiynaldi.
Izoh (0)