Tayvanning HTC kompaniyasi birovning fotosuratidan foydalanib, yangi U11 smartfonini reklama qilishdan toymadi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Professional fotoapparatda olingan kadrlarni smartfonda olingan suratlar deb tanishtirishdi.

Skrinshot: Hi-Tech Mail.Ru

HTC Russia o‘z Twitter’ida U11 kamerasini maqtab, ko‘lning tasviridan iborat fotosuratni ilova qildi. U, go‘yoki ushbu smartfondan olingan surat edi.

Ammo surat ommabop fotobankdan olingan bo‘lib chiqdi. Va u shu yilning aprelida Canon EOS 6D professional fotoapparati yordamida tushirilgan. Foydalanuvchilardan biri buni fosh qilgach, HTC Russia tezgina postini o‘chirib tashladi.

Shunga o‘xshash holat bundan oldin ham kuzatilgan edi. Kompaniya 23-noyabr kuni xuddi shu U11 smartfonida olingan deya rossiyalik fotosuratchi Anastasiya Borzova 2015-yilda tushirgan suratni namoyish etgandi. Shov-shuvga sabab bo‘lgan o‘sha postni ham o‘chirib tashlashgandi.

Skrinshot: Hi-Tech Mail.Ru