AdMe dunyoga mashhur moda uylari 2018-yilda qanday ko‘rinishdagi kiyimlarga ko‘proq e’tibor berganliklari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Kulguli so‘zlar yozilgan futbolkalar vs “Ma’noli futbolkalar”
2018-yilga qiziqarli trend va’da qilingan — endilikda odamlar futbolkadagi yozuvlar yordamida o‘z fikrini bildirishi mumkin. Gap 2017-yildagi kabi yengil-yelpi fikrlar yozilgan futbolkalar haqida emas, balki “hayot pozitsiyasi uchqur iboralar yordamida ifodalagan” futbolkalar borasida ketmoqda. Dior, Haider Ackermann, Prabal Gurung, Ashish kabi moda uylari 2018-yilgi kolleksiyasidan o‘rin olgan shiorlarni taqdim etishga ulgurdi.
Instagram’dagi uslublar vs Kostyumlar
Dizayner Lui Verdad Gollivuddagi ko‘plab mashhurlarni (Keyt Blanshett, Madonna, Mila Yovovich va hokazo) kiyintirish bilan shug‘ullanadi. Uning hisoblashicha, 2018-yilda Kim Kardashyan kabi kiyinish aktual bo‘lmaydi. Yirtiq jinsilar, korset belbog‘lar va legginslar o‘tmishda qolmoqda. Ularning o‘rniga klassika keladi.
Dior, Lanvin va Dolce & Gabbana moda uylari yangi kolleksiyalaridan joy olgan turli variatsiyadagi kostyumlarini namoyish etdi.
Noqulay oyoq kiyim vs Qulay oyoq kiyim
Lyuks poyabzallar dizayneri Joan Oloff nafaqat chiroyli, balki barmoqlarning bemalol qimirlashiga ham imkon beruvchi qulay oyoq kiyimlarni ma’qul ko‘rmoqda. Joanning hisoblashicha, moda qulaylik tomon harakat qilmoqda, noqulay oyoq kiyimlar o‘tmishda qoldi.
Boxo vs Kovboycha uslub
Dizaynerlarning fikricha, 2018-yilda boxo uslubiga bo‘lgan qiziqish yakunlanadi. Shunga qaramay, uning o‘rniga kovboycha uslub kirib keladi va taassurotlarga erkinlik berish mumkin bo‘ladi.
Ochiq yelkalar vs 80-yillar uslubidagi yelkalar
Stilist Ali Levin 2017-yil yelkalarni ochib yurish moda hisoblangan so‘nggi yil bo‘lib qolishini hisoblamoqda. Qirqimlar hech qayerga yo‘qolmaydi, ammo ular orqa va va yon tomonlarga ko‘chadi.
Boy ranglar vs Oq
2017-yilda yorqin ranglar — sariq, ko‘k, zumradrang trendda edi. 2018-yilda esa ularning o‘rnini oq rang egallaydi.
Simmetriya vs Tartibsiz sochlar
2018-yilda tartibsiz sochlar urfga kirishi kutilmoqda.
Grafik qoshlar vs Tabiiy qoshlar
Kelgusi yilda qoshlar maksimal darajada tabiiy ko‘rinishi uchun ularni yorqin ranglarga bo‘yash urfga aylanadi.
Izoh (0)