Norvegiyaning neft qazib oluvchi Statoil kompaniyasi Fransiyaning Total konserniga tegishli, Norvegiya shelfida joylashgan ikki neft-gaz uchastkasini 1,45 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotlariga qaraganda, Total avgust oyida 7,45 milliard dollarga Maersk Oil’ni sotib olgani tufayli kompaniyaning shimoliy hududdagi portfelida muvozanat buzilgan. Uni tiklash maqsadida u mahalliy kompaniyaga o‘z aktivlarini sotishga rozi bo‘ldi.
Statoil Martin Linge konining 51 foizlik ulushiga, Garantiana konining esa 40 foizlik ulushiga ega bo‘ladi. Martin Linge konida qazib olish ishlari 2019-yilning ikkinchi yarmida boshlanadi. Garantiana konida hali ishlar boshlanmagan.
Kompaniyalar shartnomani 2018-yili yopishga harakat qiladi.
Bu xabardan so‘ng Statoil aksiyalari 0,8 foizga, Total aksiyalari 0,1 foizga ko‘tarildi.
Izoh (0)