Teleboshlovchi Andrey Malaxov Birinchi kanaldan ketishi sabablariga aniqlik kiritilgan, shoumenning o‘zi vaziyat haqida bir necha marta hikoya qilganligiga qaramasdan, insofsiz fuqarolar mazkur mavzuni muhokama qilishda davom etmoqda, deb yozadi 7MedNews.
Jumladan, biroz vaqt avval tarmoqda Andrey Malaxov Birinchi kanaldan ishdan bo‘shatilganligi haqidagi mish-mishlar tarqala boshladi. Firibgarlar “Andrey Malaxov efirga chiqishiga ruxsat berilmagan mojaroli dastur tufayli ishdan bo‘shatilganligi”ni ta’kidlamoqda.
Syujetda go‘yoki barcha nuqsonlardan butunlay xalos qilishga qodir allaqanday “mo‘jizali ta’sir qiluvchi krem” haqida so‘z yuritiladi. Andrey Malaxov bu kabi reklamalar bilan hech qachon ishlamagani, qolaversa, bunday kremning mavjudligidan bexabar ekanligini ma’lum qildi.
“Ushbu ma’lumot joylashtirilgan o‘nta saytni agentim bilan yo‘q qildik. Biroq ular keyingi kun yana paydo bo‘lmoqda”, — deydi Andrey Malaxov.
Teleboshlovchi virtual firibgarlar uning nomidan daromad qilayotganini bildirib, ularga ishonmaslikka chaqirdi.
Izoh (0)