Urganch shahrida uy ichida qamalib qolgan uch oylik chaqaloq qutqaruvchilar tomonidan qutqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 23-noyabr kuni Urganch shahrida yashovchi fuqaro Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uyning eshigi yopilib qolgan, uy ichida esa uch oylik farzandi qolib ketgan.
“Qutqaruvchilar tezkorlik bilan yetib kelib, uyning eshigini maxsus asbob-anjomlar yordamida ochdi. Uy ichida qolib ketgan bola ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi”, — deyiladi FVV axborotida.
Izoh (0)