Xonanda Shohjahon Jo‘rayev to‘ydagi qistir-qistirlarga munosabat bildirdi. Xonanda bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lumot qoldirdi.

Foto: Instagram / @shohjahon_official

Hurmatli muxlislar! To‘yda odamlar kelib pul qistirsa ba’zi birlarga bu holat xunuk ko‘rinishi mumkin.  Lekin, san’atkor ularni qo‘lini qaytarsa yoki boshqa bir yordamchisi pulni olib tursa,  xalq  “Bu odamlarni mensimas ekan”, deb noto‘g‘ri o‘ylab qoladi. Aslida qo‘shiq, eshituvchining yuragiga yetib borganda, inson ruhan ozuqa olib, mazza qilganidan pul qistiradi. Shuning uchun Shoh Jahondan noo‘rin xafa bo‘lmang, bu hamma san’atkor-u xonandaning majburiyati.

Shohjahon Jo‘rayev, xonanda