Telegram messenjeri “Vsyakaya godnaya popsa” nomli kanalni piratlik kontenti uchun blokladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kanal asoschisi Anton Vagin Telegram’dan xabar olganini, unda kanal Apple va Google iltimosiga ko‘ra Universal Music kompaniyasi shikoyati asosida bloklangani aytilganini gapirib berdi. Uning ta’kidlashicha, bloklashdan oldin hech qanday ogohlantirish yo‘llanmagan.
Vaginning fikricha, u Teylor Sviftning Reputation albomini joylashtirgani kanalning bloklanishiga sabab bo‘lgan. Relizni chiqargan Big Machine Records leybli Universal Music kompaniyasiga tegishli.
“Roskomnadzor”ning Facebook’dagi sahifasida messenjer birinchi marta noqonuniy musiqa tarqatgan kanalni bloklagani ma’lum qilindi.
Izoh (0)