Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreya armiyasida ikki oliy martabali zobit mansablaridan chetlatilganini xabar qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Milliy armiya vitse-marshali Xvan Pyon So, armiya siyosiy byurosi rahbari va uning o‘rinbosari Kim Von Xon “iflos xulq-atvor” hamda mamlakat rahbari Kim Chen In va Koreya mehnat partiyasiga nisbatan hurmatsizlikda ayblandi.
Vitse-marshal Xvan Shimoliy Koreyaning uch nafar eng yuqori martabali harbiylari qatoriga kirar edi. U va qolgan ayblanuvchilarning qanday xulq-atvori jazoga sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Shimoliy Koreya bo‘yicha ekspert, Seuldagi Kunmin universiteti professori Andrey Lankovga ko‘ra, sobiq zobitlar “qayta tarbiyalanadi”.
Xvan va Kim armiyaning tarbiya ishlariga javob beradigan bo‘limda ishlar edi. Bundan bir muddat ilgari armiya jangchisi Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan edi. Ekspertlar zobitlarning chetlatilishi shu voqea bilan bog‘liqligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)