Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan olti charm qo‘lqop ustasi Rossiyadagi xalqaro turnirga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Beloyarsk shahri mezbonligida o‘tadigan turnir bugun — 22-noyabr kuni start oladi va 27-noyabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini musobaqada Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev hamda Sanjar Tursunov himoya qiladi.
Isroil Madrimov noyabrning birinchi 10 kunligida ham Rossiyadagi turnirda qatnashib, -75 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan va musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi. Sanjar Tursunov esa o‘sha turnir finalida mag‘lub bo‘lib, kumush medalga ega chiqqandi. Ular bilan birga Rossiyaga borib, Isroil kabi oltin medalni olgan Shunqor Abdurasulov bu safar ro‘yxatga kirmagan.
Izoh (0)