Bugun Murod Xonto‘rayev hamda Nursulton Ro‘ziboyev Bishkekda navbatdagi janglarini o‘tkazadi
Bugun — 22-noyabr kuni o‘zbekistonlik ikki jangchi Qirg‘iziston oktagonlarida ko‘rinish beradi. Bular Murod Xonto‘rayev va Nursulton Ro‘ziboyev, deb ma’lumot berdi “Olamsport”.
MMA sport turida muvaffaqiyatli odimlayotgan Murod Xonto‘rayev 28-oktabr kuni ukrainalik raqibini nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi unga qarshi rossiyalik Konstantin Andreytsev oktagonga chiqadi. Jang Bishkek shahrida tashkil etiladi.
Yana bir o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev esa 5 kun ichida o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. U shanba kuni Yekaterinburg oktagoniga chiqib, chechenistonlik raqibini nokaut qilgan va Ramzan Qodirov tomonidan avtomobil bilan taqdirlangandi.
Endi Nursultonni Bishkekdagi WEF Global 10 turniri kutib turibdi. Musobaqada mezbon sportchi Erbolot Omurzakov o‘zbekistonlik jangchi bilan raqobat hosil qiladi.
Izoh (0)