O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasidan keyin avtomashina sohibiga aylandi. Bu haqda Instagram sahifasida ma’lumot berildi.

Foto: Google Images

Ro‘ziboyev MMAdagi jangini Yekaterinburgda o‘tkazib, raqibini nokaut qilishga muvaffaq bo‘ldi. “Axmat” klubi a’zosi hisoblangan Nursultonning bu xizmatlari avtomobilga loyiq ko‘rildi. Klubning Osiyo Ligasi prezidenti hisoblangan Nodir Qodirov shaxsan Ramzan Qodirov tomonidan sportchiga mashina kaltini topshirdi.

Oktagondagi bu marosim vaqtida Nodir Qodirov 18-noyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston bayrog‘i kuni haqida ham gapirib o‘tdi.