Yunusobod tumanida joylashgan sport markazida 9 yoshli maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Yunusobod tuman IIBga ko‘ra, voqea 16-noyabr kuni 19-kvartaldagi sport kompleksi yechinish xonasida ro‘y bergan. 257-maktabning 3-sinf o‘quvchisini tok urgan.
Bola shifoxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan.
Ayni paytda bo‘lib o‘tgan voqeaning sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)