Nigeriya shimoli-sharqida xudkush terrorchi uyushtirgan portlash oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Hujum Adamava shtatidagi Mubi shahri masjidida amalga oshirildi. Shtat politsiyasi rasmiy vakili Abubakar Otmanga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin, negaki ayrim jabrlanuvchilarning ahvoli og‘ir.
Hujum “Boko Haram” guruhi tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda. Shahar 2014–2015-yillarda jangarilar nazorati ostida edi.
Izoh (0)