Myanma davlat maslahatchisi va tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chji Neypidodagi “Osiyo—Yevropa” forumi ochilishida chiqish qila turib noqonuniy migratsiyani dunyoda terrorizm va esktremizm tarqalishining asosiy sabablaridan biri deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
The Global New Light of Myanmar hukumat gazetasining 21-noyabr, seshanba kuni xabar berishicha, Yevropa va osiyolik diplomatlarning ikki kunlik uchrashuvi 20-noyabr kuni Myanma poytaxtida boshlangan.
“Noqonuniy migratsiya tufayli terrorizm, ekstremizm va ijtimoiy nomuvofiqlik tarqalmoqda va hatto yadro urushi tahdidi yuzaga kelmoqda, — deydi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Aun San Su Chji. — Mojarolar jamiyatdagi tinchlikni olib ketib, ortida kambag‘allik va qoloqlikni qoldirib, xalqlar va mamlakatlarni bir-biridan uzoqlashtiradi”.
Respublikadagi amaldagi partiya yetakchisi o‘z chiqishida rohinja millati muammosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘xtalmadi. Mamlakat hukumati uzoq yillardan buyon rohinja vakillarini bangladeshlik noqonuniy muhojirlar deb hisoblab keladi.
Izoh (0)