Iroqning Tuz-Hurmatu shahrida ro‘y bergan portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda, o‘z manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, portlovchi modda o‘rnatilgan avtomobil shaharning harbiy kvartalida portlatib yuborilgan.
Qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. Bundan tashqari, shahar shifoxonasiga yaradorlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)