Antdagi (Arizona shtati) memorial AQSh qurolli kuchlarida xizmat qilgan va o‘z jonini fido etganlar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Biroq ushbu noodatiy tuzilma yilning 364 kuni davomida xuddi tugallanmagandek tasavvur uyg‘otadi. Uning chiroyidan to‘liq bahra olish uchun bu yerga ma’lum bir vaqtda tashrif buyurish kerak, deb xabar berdi TravelAsk.
“Har yili Urush faxriylari kunida (11-noyabr) soat 11:11 da quyosh nurlari memorialning beshta ustuni ellipsidan o‘tadi va Qo‘shma Shtatlarning Buyuk Muhri mozaikasi ustini ideal holatda yoritadi. Beshta ustun AQSh qurolli kuchlarining beshta sohasining birdamligini namoyon qiladi. Ularga AQSh armiyasi, dengiz piyodalari, harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuchlari va sohil xavfsizligi kiradi”, — deyiladi shahar kengashi bayonotida.
“Quyosh markazi har yili biroz o‘zgaradi. 100 yil davomidagi o‘rtacha statistik hisob-kitoblar inobatga olinib, vaqtinchalik xatoliklar ham chetlab o‘tildi. Shuningdek, biz 500 yildan keyin nima bo‘lishini ham sinovdan o‘tkazdik, agar memorial o‘sha vaqtda ham mavjud bo‘lsa, u aniq “ishlashni” davom etadi”, — deydi loyiha muhandisi Jim Martin.
Izoh (0)