Kuchli beshlik milliy chempionatlari orasida Italiyaning “Benevento” klubi o‘ziga xos antirekord o‘rnatdi. Klub mavsumdagi dastlabki 13 ta o‘yinning barchasida imkoniyatni boy berdi.
Mana shu 13 ta bellashuvda “Benevento” o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi. Raqiblar postiga esa 6 bor yo‘l topdi. Jamoa A seriyaning hech bir o‘yinida 1 tadan ortiq gol urishni eplay olmagan.
Bungacha TOP-5 chempionatlaridagi antirekord “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lib turgandi. “Mankunianlar” 1930-yilgi mavsumni ketma-ket 12 ta mag‘lubiyat bilan boshlagandi. “Benevento” esa “qizil iblislar”ni mana shunday “qora maqom”dan qutqarib qoldi.
Izoh (0)