Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazilishiga qarshi chiqadi. Bu haqda u 20-noyabr, dushanba kuni Bishkekdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Muddatidan oldingi parlament saylovlariga qarshiman. Biroq parlamentni to‘rt yilga saylash lozim deb hisoblayman, besh yil — ko‘p”, — deydi u.
Atambayevning so‘zlariga qaraganda, u lavozimni tark etgandan so‘ng bosh vazir, spiker yoki deputat bo‘lmoqchi emas, biroq ko‘p yillar avval o‘zi asos solgan Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi ishlari bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda.
Bu Atambayevning respublika prezidenti sifatidagi oxirgi matbuot anjumani, uning vakolatlari muddati joriy yilning 24-noyabrida nihoyasiga yetadi.
Izoh (0)