Polsha mudofaa vaziri Antoniy Matserevich “G‘arb – 2017” Rossiya–Belarus harbiy mashg‘ulotlarini KXDR provokatsiyalari bilan bog‘ladi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu Rossiyaning gibrid urushdan iborat strategiyasi tarkibiy qismidir, deb xabar beradi “RBK”.
Matserevichning so‘zlariga qaraganda, Rossiya Ukrainada haqiqiy jangovar harakatlar olib bormoqda:
“Bu agressiya madaniyatli dunyoning barcha qoidalarini buzadi, Yevropadagi xalqaro tartibni buzadi”.
“Moskva Yevropa mamlakatlari chegaralarini o‘zgartira olishini ochiqchasiga aytmoqda”, — qo‘shimcha qildi u.
Polshalik amaldorga ko‘ra, Rossiya tomonidan Yevropada amalga oshirilayotgan ishlar Osiyodagi vaziyatsiz “to‘liq bo‘lmas edi”.
“Polsha nuqtai nazaridan Shimoliy Koreya faoliyati Rossiyaning tajovuzkor rejalari bilan bevosita bog‘liqdir”, — xulosa qildi Matserevich.
Izoh (0)