Tan olinmagan Donbass tuzilmasi jangarisi Ukraina qo‘shinlari tomonidan uyushtirilgan otishmada o‘ldirildi. Bu haqda Donetsk ayirmachilarining operativ qo‘mondonligi rahbari Eduard Basurin bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Himoya chog‘ida bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi”, — dedi u jurnalistlarga.
Basurin Ukraina harbiylari Dokuchayevsk shahrini o‘qqa tutib, aholi yashaydigan uyga zarar yetkazganini bildirdi.
“Biz Ukraina harbiylarining jinoyatlarini qayd qilishda davom etmoqdamiz”, — dedi u.
Izoh (0)