O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Seuldan keyin Tokioga tashrif buyurib, Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Tashima Kodzo bilan uchrashdi va hamkorlik masalasida kelishib oldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa Ahmadjonov bir hafta ichida Osiyo qit’asining futboli rivojlangan ikki yirik mamlakati bilan kelishuvga erishdi.
Bungacha Ahmadjonov BAA va Qatar futboli rahbariyati bilan ham shunday kelishuvlar imzolagandi. Buning samarasi o‘laroq, 14-noyabr kuni BAA va O‘zbekiston milliy termalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Amirlik futboli referilari 4-dekabr kuni o‘tadigan O‘zbekiston Kubogining finalini boshqarish tashrif buyurishi aytildi.
Qatar bilan hamkorlik doirasida esa o‘zbekistonlik referi Sherzod Qosimov Qatar va Chexiya milliy termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini boshqardi.
Izoh (0)