Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi mintaqaviy bo‘linmalari rahbarlari oldida chiqish qilar ekan, AQSh hukumati Suriya inqirozi boshlanganidan buyon berilgan va’dalarni bajarmayotganini, IShIDga qarshi kurash bo‘yicha bayonotlar esa quruq gap ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Amerika, afsuski, Suriya inqirozining boshidan buyon berilgan va’dalarning katta qismini bir chetga surib qo‘ydi. Biz Afrinda bunday o‘yin davom etishini xohlamaymiz. Biz osonlikcha hal qilishimiz mumkin bo‘lgan muammo AQSh tomonidan cho‘zilmoqda”, — dedi Turkiya yetakchisi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Oq Uy rahbariyatining o‘zgarishi vaziyatda burilish yasamadi.
Erdo‘g‘on Barak Obama ma’muriyati Raqqa, Dayr az-Zavr hamda Suriyaning boshqa shaharlarida o‘z va’dalarini bajarmaganini ta’kidlab o‘tdi.
“IShIDga qarshi kurash — shunchaki so‘zda. Siz nima qildingiz? IShIDga ko‘p dollar to‘ladingiz. Mening askarlarim qahramonlarcha kurash olib bordi. 2 ming kvadrat kilometrlik bu yer IShIDdan tozalandi. Boshqalar esa g‘alaba belgilari uchun dollar to‘ladi. Biz ular buni qachon va qanday qilgani haqida gapirgan edik”, — qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)