Turkiya muhojirlar bo‘yicha kelishuv doirasida 2018-yil oxiriga qadar Yevropa Ittifoqidan 6 milliard dollar olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, shu yil oxiriga qadar Yevroittifoq summaning yarmini o‘tkazib berishi lozim.
Turkiya 2018-yil oxiriga qadar yana 3 milliard olishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq Yevroittifoqning budjet masalalari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger Turkiyaga muhojirlar yuzasidan kelishuv doirasida va’da qilingan mablag‘ni yetkazishni kechiktirmaslik lozimligini bildirgan edi.
Izoh (0)