Rossiya havo-kosmik kuchlariga tegishli oltita Tu-22M3 olis masofali bombardimonchilari Suriyaning Abu Kamol shahrida IShID marralariga zarba berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligiga ko‘ra, bombardimonchilar Rossiya hududida havoga ko‘tarilib, Iroq va Eron ustidan uchib o‘tgan. Ular tayanch nuqtalari, tirik kuch to‘plangan yerlar va terrorchilarning zirhli texnikasini nishonga olgan.
Obyektiv nazorat vositalari barcha snaryadlar nishonga yetib borganini ko‘rsatdi. Barcha samolyotlar uchib chiqqan aeroportlariga qaytdi. Bombardimonchilarni Suriya osmonida Xmeymim aerodromidan chiqqan Su-30SM qiruvchilari qo‘riqlab turdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)