Zimbabve poytaxti Xarareda kamida uchta portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Associated Press shahar ko‘chalarida harbiy mashinalar harakatlanayotgani va qurolli askarlar o‘tkinchilarga tashlanayotganini bildirmoqda.
“Bi-bi-si” askarlar ZBC milliy telekompaniyasi shtab-kvartirasini egallab olganini ma’lum qildi.
Oldinroq Reuters Zimbabvening chekka hududlarida shubhali zirhli mashinalar payqalgani haqida xabar bergandi.
Izoh (0)