Moskva g‘arbidagi Novo-Peredelkino tumanining 37 yoshli fuqarosi 9-qavatdan yiqilib tushib omon qoldi va politsiyani yordamga chaqirdi. Biroq huquq-tartibot xodimlari yetib kelganida u bo‘lgan voqeani eslay olmadi, deb xabar berdi “360” telekanali.
Noxush hodisa 12-noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Erkak uyida yolg‘iz ichib o‘tirgan va derazadan yiqilib tushgan. Shundan so‘ng u yana uyiga ko‘tarilib, “ziyofat”ni davom ettirgan va “02”ga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiyachilar aytilgan manzil bo‘yicha kelganida u nima sababdan huquq-tartibot xodimlarini chaqirganini eslay olmagan. Voqea joyiga kelgan shifokorlar uning ko‘krak qafasi va boshqa a’zolariga shikast yetganini aniqlagan hamda uni shifoxonaga olib ketgan.
Hodisaning tafsilotlari aniqlanmoqda.
Izoh (0)