Suriyadagi ixtilof yerlaridan qutqarib olingan qirqdan ortiq odam — 12 ayol va 29 bola maxsus reys bilan Checheniston poytaxti Grozniyga olib kelindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yetib kelganlar orasida O‘zbekistonning ikki va Qozog‘istonning besh fuqarosi bor. Qolganlar Rossiyaning Checheniston, Ingushetiya, Dog‘iston va Boshqirdiston respublikalari vakillaridir.
Suriyadan Rossiya hamda MDH fuqarolari bo‘lmish ayollar va bolalar ikkinchi marta olib chiqilishi. 21-oktabr kuni Xmeymimdan Grozniyga yetti ayol va 14 bola olib kelingan edi.
Bu safar qarindoshlar samolyot trapi oldiga qo‘yilmadi. Chechenistonlik oliy martabali amaldor Xeda Saratova bunday qarorni shifokorlar qabul qilganini tushuntirdi, negaki ixtilof zonasidan kelganlarda silga yo‘liqish holatlari kuzatilgan.
Guruhga Checheniston rahbarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi vakili Ziyod Sabsabiy hamrohlik qildi. Tibbiy ko‘rik va bojxona rasmiyatchiligidan so‘ng ular qarindoshlariga topshiriladi.
Izoh (0)