Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Alsgeymer xastaligi hamda bosh miyaning boshqa kasalliklariga qarshi kurash ishiga 100 million dollar xayriya qiladi. Bu haqda u Reuters’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Milliarder 50 million dollarni Londonda joylashgan Dementia Discovery Fund jag‘armasiga yo‘naltiradi. Uning yordamida Britaniya hukumati bosh miya xastaliklarini davolash yo‘llarini qidiruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Yana 50 million dollar Alsgeymer xastaligi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi startaplarga xayriya qilinadi.
Geytsning ta’kidlashicha, o‘nlab yillardan buyon davom etayotgan tadqiqotlar hali ushbu kasalliklarni davolash yo‘llarini aniqlash imkonini bermadi. Ammo tadqiqotlarga ko‘proq pul sarflansa, yaqin kelajakda bu amalga oshadi.
“O‘n yildan so‘ng kuchli preparatlarimiz bo‘ladi deb umid qilaman, lekin bu amalga oshmasligi ham mumkin”, — dedi biznesmen.
Izoh (0)