Yaponiya, AQSh va Avstraliya raketa-yadro dasturini rivojlantirayotgani sababli Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirish zarur deb hisoblaydi. Manilada bo‘lib o‘tayotgan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida uch davlat yetakchilari shunday to‘xtamga keldi, deya xabar beradi “TASS”.
Yaponiya TIVga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe KXDR muammosini hal etishni “umumiy fundamental qadriyatlar va strategik manfaatlarni yoqlovchi davlatlar oldida turgan bevosita vazifa” deb atadi.
Tomonlar, shuningdek, Pxenyanga nisbatan choralar, xususan, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga rioya etish hisobiga kuchaytirilishida yaqindan hamkorlik qilishlarini tasdiqladi.
Izoh (0)