Samsung kompaniyasi ortiqcha shov-shuvlarsiz o‘zining yangi va eng baquvvat Exynos 9810 chipini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U Snapdragon 845 bilan bir qatorda bo‘lg‘usi Galaxy S9 flagmaniga o‘rnatilishi mumkin.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Exynos 9810 yangilangan grafik protsessor va 1 Gb LTE-modemga ega bo‘ladi, u dunyoda birinchi bo‘lib 6CA formatini (aloqa operatorlari agregatsiyasining) qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Modem 1,2 Gbit/soniya tezligida ishlab, Samsung’ning 5G-tarmoqlarga tayyorgarligi doirasida axborotning ancha barqaror yuklanishini ta’minlaydi.

Galaxy S9 AQSh uchun 7 nanometrli Snapdragon 845, Yevropa va Rossiya uchun 10 nanometrli Exynos 9810 chipi bilan chiqariladi.